Asosiy
Zifra

Avtomatlashtirishda tadbirkorlar qiladigan 8 ta og‘ir xato

Nima uchun bu xatolar pul yo‘qotishga olib keladi?

Bugun deyarli har bir savdogar, do‘kon egasi yoki tadbirkor biznesini avtomatlashtirish haqida o‘ylaydi. Kimdir POS tizim o‘rnatadi, kimdir ombor va savdoni nazorat qilmoqchi bo‘ladi, yana kimdir “hammasi o‘zi ishlasin” degan umidda tizim sotib oladi.

Ammo amaliyot shuni ko‘rsatadiki, avtomatlashtirish noto‘g‘ri bo‘lsa — foyda o‘rniga zarar keltiradi.

2014-yildan beri avtomatlashtirish bilan shug‘ullanib kelamiz. Shu vaqt ichida 1000 ga yaqin tadbirkorlar bilan ishladik va deyarli hammasida bir xil xatolar takrorlanganini ko‘rdik.

Quyida aynan shu eng ko‘p uchraydigan 8 ta xato va ularni qanday chetlab o‘tish mumkinligi haqida gaplashamiz:






1. Avtomatlashtirishni shunchaki "mahsulot" deb hisoblash

Ko‘pchilik avtomatlashtirishni faqat:

  • “kassa dasturi”
  • yoki “kompyuter + printer”

deb tushunadi. Aslida esa avtomatlashtirish — kompleks yondashuv.


To‘g‘ri avtomatlashtirish kamida 4 ta asosdan iborat:

  • Qurilmalar
  • Dastur
  • Ta’lim (o‘rgatish)
  • Doimiy qo‘llab-quvvatlovchi hamkor

Agar shu to‘rttasidan bittasi sust bo‘lsa, tizim to‘liq ishlamaydi.Natijada tadbirkor “pul sarfladim, foyda bo‘lmadi” degan xulosaga keladi.






2. Faqat narxiga qarab tanlash

“Arzon bo‘lsa bo‘ldi” — avtomatlashtirishdagi eng xavfli yondashuvlardan biri.

Ha, qimmat har doim ham yaxshi degani emas. Lekin:

  • Tajribali yechimlar
  • Barqaror tizimlar
  • Sinovdan o‘tgan dasturlar

odatda juda arzon bo‘lmaydi.


Faqat narxga qarab tanlangan tizim:

  • Tez buziladi
  • Qulay bo'lmaydi
  • Ishchilar tomonidan rad etiladi
  • Oxir-oqibat almashtiriladi

Bu esa ikki marta xarajat degani.






3. Yangi yozilgan dasturga haddan tashqari ishonish

“Yangi, zamonaviy, zo‘r bo‘ladi” degan gaplar ko‘p eshitiladi. Ammo haqiqat shuki:

👉 Yaxshi savdo tizimi 2–3 oyda yozilmaydi.


Yangi yozilgan dasturlarda:

  • Xatoliklar ko‘p bo‘ladi
  • Real savdo jarayonlari hisobga olinmagan bo‘ladi
  • Qo‘llab-quvvatlash sust bo‘ladi

Natijada tajribani tadbirkorning o‘zi “to‘lab beradi”.






4. Tizimni boshqaruvchi (egasi) o‘rganmasligi

Eng ko‘p uchraydigan xato:

  • “Buni kassir bilsa bo‘ldi, men aralashmayman”


Avtomatlashtirish supurgi yoki latta emas. Uni faqat ishchiga tashlab qo‘yish — katta xato.


Tizimning:

  • Bir uchi kassir qo‘lida bo‘lsa
  • Ikkinchi uchi tadbirkor qo‘lida bo‘lishi shart


Nazorat bo‘lmasa — tizim ishlamaydi, faqat “bor” bo‘lib qoladi.






5. Avtomatlashtirishdan noto‘g‘ri kutuv

Avtomatlashtirish:

  • vaqtni tejaydi
  • tartib keltiradi
  • nazoratni kuchaytiradi

Lekin u sehrli tayoqcha emas.

Tizim o‘zi ishlamaydi. Uni inson ishlatadi.Mashina ruliga o‘tirmasangiz yurmagani kabi, avtomatlashtirish ham e’tiborsiz foyda bermaydi.






6. "Ideal" dastur izlash

Ko‘pchilik shunday dastur qidiradi:

  • Hamma sohaga mos
  • Hamma qurilmada ishlaydigan
  • Hamma vazifani yopadigan
  • Bir qarashda tushunarli
  • Arzon

Afsuski, bunday ideal dastur yo‘q.

Yoki juda qimmat bo‘ladi, yoki universal bo‘lib,aniq ehtiyojni to‘liq yopmaydi. Muhimi — sizning biznesingizga mos yechim tanlash.






7. Katta tarmoq dasturini kichik do‘konga moslash

“Falon tarmoq qaysi dasturdan foydalanadi?” — tez-tez beriladigan savol.

Ammo katta tarmoq uchun yozilgan tizim:

  • Kichik do‘kon uchun murakkab
  • Sekin
  • Ortiqcha jarayonlarga to‘la bo‘ladi

Katta tarmoqlarda hatto bitta mahsulotni tizimga kiritish uchun 2–3 kishi ishtirok etadi.

Kichik do‘konda esa bu — ortiqcha bosh og‘rig‘i.






8. Ishonchli hamkor tanlamaslik

Avtomatlashtirish — bir martalik xarid emas. Bu doimiy jarayon.

Agar:

  • Savol tug‘ilganda javob beradigan
  • Muammo chiqqanda yordam beradigan
  • Tizimni rivojlantirib boradigan

hamkoringiz bo‘lmasa, tizim vaqt o‘tib tashlab qo‘yiladi.






Xulosa

Avtomatlashtirish — biznes uchun kuchli instrument.Lekin u to‘g‘ri tanlov, to‘g‘ri kutuv va to‘g‘ri yondashuv talab qiladi.

Agar yuqoridagi xatolarni oldindan bilsangiz:

  • Pulingizni tejaysiz
  • Asabingizni saqlaysiz
  • Avtomatlashtirishdan real foyda olasiz

Eng muhimi — avtomatlashtirish siz uchun ishlaydi, siz unga xizmat qilmay qolasiz.

Agar ma’lumotlar siz uchun foydali bo‘lsa — sahifamizga a'zo bo‘ling.

A'zo bo'lish