Asosiy
Zifra
Asosiy - Maqolalar - Moliyaviy Qo'llanma

5-Bob: Formulalar va Koeffitsientlar

Moliya Qo'llanmasi 5-Bob: Formulalar va Koeffitsientlar
Amaliy Moliya Qo'llanmasi · 5-Bob

12 formula — biznes sog'liqning to'liq o'lchovi

Bu sahifa — moliyaviy "cheat sheet"ingiz. Har bir formula: nima, nima uchun, qanday hisoblash, qanday o'qish. Qayta-qayta qaytib keling.

05

Formulalar — biznesingizning tibbiy testlari. Qon bosimi, yurak urishi, harorat — bularning me'yori bor. Moliyada ham shunday. Har bir formula Sizga "bu ko'rsatkich me'yordami?" degan savolga javob beradi.

Formulalarni yodlab olish shart emas. Muhim narsa — ularning mantiqini tushunish va hisob-kitob qila bilish. Quyida har bir formulani uch qatlamda beramiz: formula → real misol → me'yor darajasi.

#Formula nomiToifasiAsosiy savol
01Sof foyda rentabelligiRentabellik100 so'm daromaddan qancha foyda?
02EBITDA marginRentabellikOperatsion kuch qanday?
03Yalpi foyda marginRentabellikSotuvdan qancha qoldi?
04Joriy likvidlikLikvidlikQarzlarni to'lay olamizmi?
05Tezkor likvidlikLikvidlikShoshilinch holatda tayyor pulamiz?
06Debitorlik aylanish kuni (DSO)AylanishPul qancha kunda qaytadi?
07Ombor aylanish kuni (DIO)AylanishTovar qancha kunda sotiladi?
08Kreditorlik kuni (DPO)AylanishQancha kunda to'laymiz?
09Pul aylanish tsikli (CCC)AylanishPul qancha davr ketadi?
10Tenglik nuqtasi (Break-even)SamaradorlikQancha sotsam foydaga chiqaman?
11Kapital rentabelligi (ROE)SamaradorlikO'z kapital qancha ishlayapti?
12Operatsion CashFlow marginCashFlowOperatsiyadan real pul qancha?
§ 01
📊 Rentabellik guruhi

Biznes qancha samarali ishlayapti?

Rentabellik — bu biznesning "samaradorlik indeksi". Har 100 so'm daromaddan qancha foyda olib qolganingizni ko'rsatadi. Pastroq bo'lsa — pulni bankka qo'ygan ma'qul.

Formula № 01
Sof Foyda Rentabelligi (Net Margin)
Rentabellik
Net Margin = (Sof foyda ÷ Daromad) × 100%
● Amaliy misol · "Silk Road Textile" Farg'ona
Daromad: 850,000,000 so'm · Sof foyda: 161,500,000 so'm
Net Margin = (161.5M ÷ 850M) × 100 = 19%
Xulosa: Me'yor chegarasida. Xarajatlarni 3–5% optimallashtirsangiz, "yaxshi" zonaga kiradi.
❌ 0–10% — Xavfli ⚠️ 10–20% — O'rtacha ✓ 20–40% — Yaxshi ★ 40%+ — A'lo
Nima uchun muhim: Bu — biznesingizning asosiy "sog'liq ko'rsatkichi". Agar bu ko'rsatkich bank depozit foizidan (12–15%) past bo'lsa, biznes yuritish o'rniga pulni bankka qo'ygan ma'qul.
Formula № 02
EBITDA Margin
Operatsion kuch
EBITDA = Daromad O'zgaruvchan xarajat Doimiy xarajat
EBITDA Margin = (EBITDA ÷ Daromad) × 100%
● Amaliy misol · "Prestige Catering" Toshkent
Daromad: 420M · O'zgaruvchan xarajat: 210M · Doimiy: 85M
EBITDA = 420M − 210M − 85M = 125M so'm
EBITDA Margin = (125M ÷ 420M) × 100 = 29.8% — Yaxshi zona!
❌ Manfiy — Favqulodda ⚠️ 5–15% — Past ✓ 15–30% — Normal ★ 30%+ — Kuchli
Nima uchun muhim: EBITDA soliqlar, kreditlar va amortizatsiyadan oldingi foyda. U biznes asosan qancha ishlayotganini ko'rsatadi. Manfiy EBITDA = biznes modelining o'zi ishlamayapti.
Formula № 03
Yalpi Foyda Margin (Gross Margin)
Savdo samarasi
Yalpi foyda = Daromad Tannarx
Gross Margin = (Yalpi foyda ÷ Daromad) × 100%
● Amaliy misol · "Amir Electronics" Samarqand
Oy daromadi: 680M so'm · Tovarlar tannarxi: 476M so'm
Yalpi foyda = 680M − 476M = 204M so'm
Gross Margin = (204M ÷ 680M) × 100 = 30%
Sohaviy me'yor elektronika uchun: 25–35% — normal.
❌ <20% — Juda past ⚠️ 20–35% — O'rtacha ✓ 35–60% — Yaxshi ★ 60%+ — IT/Premium
Nima uchun muhim: Gross margin — doimiy xarajatlar va foydani qoplash uchun qancha "xom mablag'" qolishini ko'rsatadi. Past bo'lsa — narx strategiyasini yoki tannarxni ko'rib chiqing.
§ 02
💧 Likvidlik guruhi

Qarzlarni to'lay olamizmi?

🚨

Likvidlik — favqulodda holatdagi tayyor pul

Tasavvur qiling: ertaga katta to'lov. Hisobingizda yetarli pul bormi? Likvidlik koeffitsienti ana shu savolga javob beradi. U 1.0 dan past bo'lsa — xavf bor.

Sog'lom biznes ham birdan to'lov qilishi kerak bo'lsa — "qotib qolmaydi". Likvidlik — bu moliyaviy "havo yostiq".

Formula № 04
Joriy Likvidlik Koeffitsienti (Current Ratio)
Likvidlik
Current Ratio = Joriy aktivlar ÷ Qisqa muddatli majburiyatlar
● Amaliy misol · "Toshkent Pharma Distribution"
Joriy aktivlar: Naqd 85M + Debitorlik 120M + Ombor 95M = 300M so'm
Qisqa muddatli majburiyatlar: Yetkazib beruvchilar 110M + Kredit 40M + Boshqa 30M = 180M so'm
Current Ratio = 300M ÷ 180M = 1.67 — Yaxshi! Har 1 so'm qarz uchun 1.67 so'm aktiv bor.
❌ <1.0 — Xavfli ⚠️ 1.0–1.5 — Minimal ✓ 1.5–2.5 — Normal ★ 2.5+ — Konservativ
Nima uchun muhim: 1.0 dan past degani — qarz to'lash uchun aktivlar yetarli emas. Bu bank kreditini olishda ham tekshiriladigan birinchi ko'rsatkich.
Formula № 05
Tezkor Likvidlik (Quick Ratio)
Shoshilinch holat
Quick Ratio = (Naqd + Debitorlik) ÷ Qisqa muddatli majburiyatlar
● Amaliy misol · "Toshkent Pharma Distribution" (davomi)
Naqd: 85M + Debitorlik: 120M = 205M so'm (Ombor hisobanmaydi — uni tez sotib bo'lmaydi)
Qisqa muddatli majburiyatlar: 180M so'm
Quick Ratio = 205M ÷ 180M = 1.14 — Qabul qilinadi, lekin kuzatib boring.
❌ <0.7 — Favqulodda xavf ⚠️ 0.7–1.0 — Ehtiyotkor ✓ 1.0–1.5 — Sog'lom ★ 1.5+ — Ishonchli
Nima uchun muhim: Joriy likvidlikdan farqi — ombor hisoblanmaydi, chunki uni tez pula aylantirish qiyin. Bu ko'rsatkich "eng qiyin kunda" qanday holatda qolishingizni ko'rsatadi.
§ 03
🔄 Aylanish guruhi

Pullar qanchalik tez aylanayapti?

Aylanish formulalari — biznesingizdagi pulning "tezligi". Pullar tez aylansa — biznes jon-jahdi bilan ishlayapti. Sekin aylanasa — pul omborda, debitorlikda yoki boshqa joyda "muzlab" qolgan.

Formula № 06
Debitorlik Aylanish Kuni (DSO)
Pul qaytish vaqti
DSO = (Debitorlik ÷ Daromad) × 365 kun
● Amaliy misol · "Baraka Qurilish Materiallari" Namangan
Oylik debitorlik o'rtachasi: 240M so'm · Yillik daromad: 1,800M so'm
DSO = (240M ÷ 1,800M) × 365 = 48.7 kun
Ya'ni: pul, o'rtacha, 49 kunda qaytib keladi. Soha me'yori 30–45 kun — biroz oshgan.
★ <30 kun — A'lo ✓ 30–45 kun — Normal ⚠️ 45–60 kun — Nazorat kerak ❌ 60+ kun — Xavfli
Nima uchun muhim: DSO qancha yuqori bo'lsa — shuncha ko'p pul debitorlikda "yotadi". 60+ kun bo'lsa, ehtimol ba'zi mijozlar hech qachon to'lamaydi. Muddatni qisqartirish — kassani to'ldirish.
Formula № 07
Ombor Aylanish Kuni (DIO)
Tovar sotish vaqti
DIO = (O'rtacha ombor qiymati ÷ Sotilgan tovar tannarxi) × 365 kun
● Amaliy misol · "Zafar Oziq-Ovqat" ulgurji baza
O'rtacha ombor: 185M so'm · Yillik tannarx: 1,480M so'm
DIO = (185M ÷ 1,480M) × 365 = 45.6 kun
Oziq-ovqat uchun me'yor: 20–40 kun. Muammo bor — 5–6 kunlik ortiqcha zaxira.
★ <20 kun — Juda samarali ✓ 20–40 kun — Normal ⚠️ 40–60 kun — Ombor og'ir ❌ 60+ kun — Pul muzlagan
Nima uchun muhim: Omborda qancha uzoq tovar tursa — shuncha pul "muzlagan". Oziq-ovqat uchun bu ayniqsa xavfli — mahsulot eskiradi. Ombor normativini belgilang.
Formula № 08
Kreditorlik To'lov Kuni (DPO)
To'lov muddati
DPO = (Kreditorlik ÷ Tannarx) × 365 kun
● Amaliy misol · "Zafar Oziq-Ovqat" (davomi)
O'rtacha kreditorlik: 92M so'm · Yillik tannarx: 1,480M so'm
DPO = (92M ÷ 1,480M) × 365 = 22.7 kun
Ya'ni: yetkazib beruvchilarga o'rtacha 23 kunda to'lanyapti. DSO 45 kun, DPO 23 kun — bu muammo: pul 22 kun "o'zingizdan" ketmoqda.
❌ <15 kun — Siz zaif holatdasiz ⚠️ 15–30 kun — O'rtacha ✓ 30–45 kun — Yaxshi ★ 45+ kun — Kuchli pozitsiya
Nima uchun muhim: DPO qancha yuqori bo'lsa — yetkazib beruvchilar pulingizni ko'proq vaqt sizda saqlaydi. Bu sizga bepul kredit. DPO ko'paytirib, DSO kamaytiring — kassa o'z-o'zidan yaxshilanadi.
Formula № 09
Pul Aylanish Tsikli (CCC)
Moliyaviy tsikl
CCC = DSO + DIO DPO
● Amaliy misol · "Zafar Oziq-Ovqat" (yakuniy hisob)
DSO: 45.6 kun + DIO: 45.6 kun − DPO: 22.7 kun = CCC = 68.5 kun
Bu degani: har bir so'm 68 kun "bog'liq" — o'sha davr pul ishlayolmaydi.
Maqsad: CCC ni 40 kunga tushirish = 35M so'm qo'shimcha likvidlik
★ <30 kun — Ideal ✓ 30–50 kun — Yaxshi ⚠️ 50–80 kun — O'rtacha ❌ 80+ kun — Pul "muzlagan"
Nima uchun muhim: CCC — biznesingizdagi pulning "uyqu vaqti". Qancha past bo'lsa — pul shuncha tez qaytadi va qayta ishlaydi. Amazon 0 kun CCC bilan ishlaydi — bu ularga milliardlab bepul kapital beradi.
DSO kamaytiring.
DIO kamaytiring.
DPO oshiring.
— Kassa o'z-o'zidan to'ladi.
§ 04
⚡ Samaradorlik guruhi

Kapital qanchalik samarali ishlamoqda?

Formula № 10
Tenglik Nuqtasi (Break-Even Point)
Zarar chegarasi
Break-Even = Doimiy xarajatlar ÷ (Narx O'zgaruvchan xarajat/birlik)
● Amaliy misol · "Saodat Clothing" kichik brendli kiyim
Doimiy xarajatlar (ijara + ish haqi + boshqa): 45,000,000 so'm/oy
Bir ko'ylak narxi: 180,000 so'm · O'zgaruvchan xarajat/birlik: 95,000 so'm
Marginal daromad/birlik = 180,000 − 95,000 = 85,000 so'm
Break-Even = 45,000,000 ÷ 85,000 = 529 ta ko'ylak/oy
Hozir oyiga 380 ta sotmoqda — 149 ta kam. Yechim: narxni oshirish yoki xarajatni kamaytirish.
❌ Sotuvlar BEP dan past — zarar ⚠️ BEP ga yaqin — xavfli ✓ BEP dan 20%+ yuqori — xavfsiz ★ BEP dan 50%+ yuqori — mustahkam
Nima uchun muhim: Tenglik nuqtasini bilmasdan biznes yuritish — ko'r bo'lib yo'l yurish. Bu formula: "Shu oyda qancha sotsam zarar ko'rmayman?" degan savolga aniq javob beradi.
Formula № 11
O'z Kapital Rentabelligi (ROE)
Kapital samarasi
ROE = (Sof foyda ÷ O'z kapital) × 100%
● Amaliy misol · "Mirzo Dairy" sut mahsulotlari
Yillik sof foyda: 380,000,000 so'm
O'z kapital (ustav + to'planmagan foyda): 1,200,000,000 so'm
ROE = (380M ÷ 1,200M) × 100 = 31.7%
Bankda 14% bo'lganda — ROE 31.7% ajoyib. Har 100 so'm o'z kapital 31.7 so'm foyda keltirmoqda.
❌ <Bank foizi — Maqsadsiz ⚠️ 15–20% — Qabul qilinadi ✓ 20–35% — Yaxshi ★ 35%+ — Investor magnit
Nima uchun muhim: ROE — investorning birinchi qaraydigan ko'rsatkichi. "Biznesga qo'yilgan pul qancha ishlayapti?" — bu savol ROE orqali javob topadi. Bank foizidan past ROE — biznesga hech kim investitsiya qilmaydi.
§ 05
💰 CashFlow guruhi

Real pul qanchalik sog'lom oqayapti?

Formula № 12
Operatsion CashFlow Margin
Pul sog'ligi
OCF Margin = (Operatsion CashFlow ÷ Daromad) × 100%
● Amaliy misol · "Nexus IT Solutions" Toshkent
Oy daromadi (P&L): 285,000,000 so'm
Operatsion CashFlow (haqiqiy tushum): 198,000,000 so'm
OCF Margin = (198M ÷ 285M) × 100 = 69.5% — A'lo daraja!
Farq (85.5M) = debitorlik va boshqa vaqtinchalik ushlanmalar.
❌ Manfiy — Kassa xavfi ⚠️ 0–40% — Past ✓ 40–70% — Yaxshi ★ 70%+ — Kuchli biznes
Nima uchun muhim: P&L da foyda ko'rinishi va kassada pul bo'lishi — ikki boshqa narsa. OCF Margin ularning qanchalik yaqin ekanini ko'rsatadi. Past OCF Margin — debitorlik yoki omborda pul "muzlagan" degan signal.
§ 06

Umumiy ma'lumotnoma — barcha 12 formula

Ushbu jadvalni chop etib, ish stolizga osib qo'ying:

#FormulaHisoblashMe'yor (past→yaxshi)
01Net MarginSof foyda ÷ Daromad × 100<10% / 10–20% / 20–40% / 40%+
02EBITDA MarginEBITDA ÷ Daromad × 100Manfiy / 5–15% / 15–30% / 30%+
03Gross Margin(Daromad−Tannarx) ÷ Daromad × 100<20% / 20–35% / 35–60% / 60%+
04Current RatioJoriy aktiv ÷ Joriy majburiyat<1.0 / 1.0–1.5 / 1.5–2.5 / 2.5+
05Quick Ratio(Naqd+Debitorlik) ÷ Joriy majburiyat<0.7 / 0.7–1.0 / 1.0–1.5 / 1.5+
06DSO(Debitorlik ÷ Daromad) × 36560+ / 45–60 / 30–45 / <30 kun
07DIO(Ombor ÷ Tannarx) × 36560+ / 40–60 / 20–40 / <20 kun
08DPO(Kreditorlik ÷ Tannarx) × 365<15 / 15–30 / 30–45 / 45+ kun
09CCCDSO + DIO − DPO80+ / 50–80 / 30–50 / <30 kun
10Break-EvenDoimiy xarajat ÷ (Narx − O'zgar.xarajat)BEP dan past / BEP yaqin / +20% / +50%
11ROE(Sof foyda ÷ O'z kapital) × 100<Bank% / 15–20% / 20–35% / 35%+
12OCF MarginOper.CashFlow ÷ Daromad × 100Manfiy / 0–40% / 40–70% / 70%+
📌 Xulosa bloki — 5-bob

12 formulani birdaniga hisoblashga harakat qilmang. Bugundan boshlang: Net Margin va Break-Even — shu ikki formulani bilib, siz allaqachon ko'pchilik tadbirkordan ustun turasiz.

Formulalar — kasal topuvchi, dori emas. DSO yuqori bo'lsa — bu muammoning belgisi. Yechim: debitorlik shartnomasini qayta ko'rish, oldindan to'lov talabi, faktoring.

Har oy kamida 3 ta asosiy ko'rsatkichni hisoblang: Net Margin (foydali yurishim?), Current Ratio (qarz to'lay olamanmi?), CCC (pulim qanchalik tez aylanmoqda?). Shu uchta — oylik moliyaviy "tekshiruv"ingiz.