Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat Zifra mobil va veb-ilovasidan foydalanishda qanday ma'lumotlar to'planishi, saqlanishi, ishlatilishi va himoya qilinishini tushuntiradi.
Oxirgi yangilangan sana: 2026-yil 31-avgust
1. Umumiy ma'lumot
Ushbu Maxfiylik siyosati "Zifra" mobil va veb-ilovasidan (keyingi o'rinlarda — "Ilova" yoki "Zifra") foydalanish chog'ida foydalanuvchilarning shaxsiy va boshqa ma'lumotlari qanday to'planishi, ishlatilishi va himoya qilinishini belgilaydi.
- Ilova nomi: Zifra (mobil va veb-ilova)
- Veb-ilova manzili: s.inware.uz
- Muallif / Operator: "INWARE technologies" oilaviy korxonasi, direktor Kholidjon Nabiev
- Rasmiy veb-saytlar: zifra.uz, inware.uz
- Aloqa: mail@inware.uz, Telegram: @inware_admin
Ilovadan foydalanish orqali siz ushbu Maxfiylik siyosati shartlariga rozilik bildirasiz. Agar siz ushbu shartlarga rozi bo'lmasangiz, Ilovadan foydalanmang.
Platforma haqida
Zifra biznes (tashkilotlar va tadbirkorlar) uchun mo'ljallangan platforma bo'lib, biz uni foydalanish uchun bizneslarga taqdim etamiz. Biznes platforma orqali o'zining moliyaviy hisob-kitoblarini mustaqil yuritadi. Biznesning o'zi platformaga o'z xodimlarini qo'shishi hamda ularning kirish huquqini (access) cheklashi yoki bekor qilishi mumkin — foydalanuvchilar va ularning huquqlarini boshqarish biznesning o'z zimmasida bo'ladi.
2. Biz to'playdigan ma'lumotlar
Zifra quyidagi turdagi ma'lumotlarni to'plashi mumkin:
- Shaxsiy ma'lumotlar: ism (sharif) va telefon raqami.
- Qurilma ma'lumotlari: Tizim ID, qurilma ishlab chiqaruvchi brendi, qurilma modeli va operatsion tizim (OS) versiyasi.
- Ilovaga kiritilgan ma'lumotlar: foydalanuvchi Ilovaga kiritgan savdo, mahsulot va boshqa ish ma'lumotlari.
- Kamera va galereya orqali olinadigan ma'lumotlar: shtrix-kodlar va yuklangan rasmlar (batafsil 4-bo'limga qarang).
3. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadlari
Shaxsiy ma'lumotlar (ism, sharif va telefon raqam)
Ma'lumotlaringiz muallifdan boshqa, uchinchi tomonga uzatilmaydi va quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
- Foydalanuvchiga murojaat qilish uchun;
- Muallif tomonidan ishlab chiqilgan boshqa xizmatlardan foydalanishni soddalashtirish uchun;
- Ilovalardan kimlar foydalanayotganini tijoriy maqsadda tahlil qilish uchun;
- Zarurat tug'ilganda foydalanuvchi bilan aloqa o'rnatish uchun.
Qurilma ma'lumotlari (Tizim ID, brend, model, OS versiyasi)
Qurilmangiz ma'lumotlari muallifdan boshqa, uchinchi tomon shaxslarga berilmaydi va quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
- Ilovada kelib chiqishi mumkin bo'lgan muammolarni hal qilishda;
- Foydalanuvchilar qurilmalariga mos ilova ishlab chiqishdan oldin tahlil qilishda;
- Qurilmangizga bog'liq bo'lgan betakror litsenziya kaliti berishda.
4. Kamera va Galereyaga ruxsatlar
Zifra ilovasi qurilmangizning kamerasi va galereyasidan (rasmlar/media) foydalanish uchun ruxsat so'rashi mumkin. Ushbu ruxsatlar faqat quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
- Shtrix-kod / shtrix skanerlash — mahsulotlarni shtrix-kod orqali aniqlash uchun;
- Kirim qilish — mahsulotlarni kirim qilishda mahsulot ro'yxatini skanerlash uchun;
- Rasm yuklash — mahsulot rasmlari va profil rasmlarini yuklash uchun.
Kamera va galereyaga ruxsat boshqa hech qanday maqsadda ishlatilmaydi. Rasmlaringiz va media fayllaringiz sizning roziligingizsiz to'planmaydi hamda uchinchi shaxslarga uzatilmaydi. Ushbu ruxsatlarni istalgan vaqtda qurilmangiz sozlamalari orqali bekor qilishingiz mumkin (bu holda tegishli funksiyalar ishlamasligi mumkin).
5. Ma'lumotlarni saqlash
- Shaxsiy ma'lumotlaringiz (ism, sharif va telefon raqam) qurilmangiz (telefon, planshet) xotirasida va muallifning markaziy serverida saqlanadi.
- Qurilma ma'lumotlari (Tizim ID, qurilma brendi, model va OS versiyasi) foydalanuvchi qurilmasi xotirasida va muallifning markaziy serverida saqlanadi.
- Ilovaga foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumotlar foydalanuvchi qurilmasi (telefon, planshet, kompyuter) xotirasida saqlanadi va foydalanuvchi ixtiyorisiz boshqa uchinchi tomonga uzatilmaydi.
- Ma'lumotlar rezervi yoki foydalanuvchi faol foydalanayotgan dastur ma'lumotlari foydalanuvchi ixtiyori bilan muallif serverlarida saqlanishi mumkin.
6. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik
Foydalanuvchining hech qanday ma'lumoti foydalanuvchi ixtiyorisiz va ishtirokisiz uchinchi tomonga uzatilmaydi. Shaxsiy va qurilma ma'lumotlaringiz yuqoridagi bo'limlarda ko'rsatilgan maqsadlardan tashqari maqsadlarda uchinchi shaxslarga berilmaydi. Ma'lumotlaringiz bizning tomonimizdan hech qanday uchinchi shaxsga sotilmaydi va uzatilmaydi.
Qonuniy istisno: Qonunda nazarda tutilgan hollarda — vakolatli davlat organining qonuniy talabi yoki sud qarori asosida — ma'lumotlar tegishli organlarga taqdim etilishi mumkin.
7. Maxfiylik
Ushbu shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarishga taalluqli bir tarafning boshqa tarafga taqdim qilgan, qonunlar bilan erkin foydalanish cheklangan barcha elektron ma'lumotlar maxfiy ma'lumotlar deb hisoblanadi.
Qabul qiluvchi taraf maxfiy ma'lumotlar yoki uning bir qismi oshkor qilingani uchun javobgar bo'lmaydi, agarda u maxfiy ma'lumot:
- uni olish vaqtida yoki keyinchalik qabul qiluvchi tarafning aybisiz ham barchaga ma'lum bo'lsa;
- qabul qiluvchi tarafga ma'lum bo'lgan yoki uni qabul qilib olguncha uning tasarrufida bo'lgan bo'lsa;
- qabul qiluvchi tarafga taqdim qiluvchi taraf manbasidan emas, boshqa manbadan olinganligi ma'lum bo'lganda, ya'ni maxfiy ma'lumotlar saqlanishini ta'minlash bo'yicha majburiyat buzilmagan bo'lsa.
Muallif ma'lumotlardan ilmiy va tijoriy maqsadlarda ma'lumot egasi shaxsini oshkor qilmagan holda tahlil uchun foydalanishga haqli.
8. Foydalanuvchi huquqlari
Foydalanuvchi ushbu siyosatning 11-bo'limida ko'rsatilgan elektron pochtaga xat yuborib, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish to'g'risidagi roziligini chaqirib olishga haqli. Shuningdek, foydalanuvchi o'z ma'lumotlariga kirish, ularni to'g'rilash yoki o'chirishni so'rashga haqli (9-bo'limga qarang).
9. Hisobni (akkauntni) o'chirish
Foydalanuvchi istalgan vaqtda o'z hisobini (akkauntini) va unga bog'langan ma'lumotlarni o'chirishni so'rashga haqli. Buning uchun quyidagi havola orqali so'rov yuboring:
Hisobni o'chirish so'rovi:
https://zifra.uz/delete-request.php
So'rov qabul qilingach, hisobingiz va tegishli shaxsiy ma'lumotlaringiz o'chiriladi. Qo'shimcha savollar bo'lsa, mail@inware.uz yoki Telegram @inware_admin orqali murojaat qiling.
10. Siyosatga o'zgartirishlar
Muallif ushbu Maxfiylik siyosatiga vaqti-vaqti bilan o'zgartirishlar kiritishi mumkin. O'zgartirishlar ushbu sahifada e'lon qilinadi va "Oxirgi yangilangan sana" yangilanadi. O'zgartirishlardan keyin Ilovadan foydalanishni davom ettirish yangilangan siyosatga rozilikni bildiradi.
11. Biz bilan bog'lanish
Maxfiylik siyosati yuzasidan savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning:
- Tashkilot: "INWARE technologies" oilaviy korxonasi (direktor: Kholidjon Nabiev)
- Email: mail@inware.uz
- Telegram: @inware_admin
- Veb-saytlar: zifra.uz, inware.uz